"Manchester Siti"ning o'ng qanot himoyachisi Kayl Uoker o'zi bir jamoada o'ynagan eng yaxshi futbolchini aniqladi. Angliyalik futbolchining tanlovi Garet Beyl bo'ldi, u bilan Uoker avvalroq "Tottenxem"da o'ynagan.
“Beyl? U "Real Madrid" uchun ajoyib gollar urdi va ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. Mening gullagan davrimda Garetdan kuchliroq sherigim bo'lmagan", - deya Uokerning so'zlarini keltiradi Five UK nashri.
Beyl qariyb bir yil oldin professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi. "Real Madrid" tarkibida uelslik futbolchi besh marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.