"Real Madrid" rahbariyati jamoaning hozirgi jismoniy holatidan norozi, bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, rahbariyat "Los-Blankos" so'nggi sakkiz o'yinning to'rttasini durang bilan yakunlaganidan xavotirda. "Qirollik" klubi futbolchilarning holatini o'rganishga qaror qildi. Tadqiqot uch qismga bo'linadi: chidamlilik, kuch va tezlik.
Madridliklar so'nggi o'yinini UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalida Germaniyaning “RB Leyptsig” klubiga qarshi o'tkazdi. Uchrashuv “Santyago Bernabeu” stadionida bo'lib o'tdi va 1:1 hisobida yakunlandi. Karlo Anchelotti shogirdlari safardagi g'alaba (1:0) evaziga chorak finalga yo'l oldi.