"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi. 1/8 finalda "Manchester Siti" "Kopengagen"ni mag'lub etdi.
“Biz “Real” va “Bavariya” bilan raqobatlashamiz. Chorak finalda kim bilan to'qnash kelishimizni bilmayman, bu vaqt masalasi.
Muhimi, biz etti yil ketma-ket chorak finalda bo'lamiz", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.