La Liganing 20-turidan o'rin olgan “Xetafe” – “Real” (0:2) uchrashuvida Jud Bellingem Meyson Grinvudni haqorat qilgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi va bu bo'yicha ish to'xtatildi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, ekspert xulosasidan so'ng labni o'qish vositalari "Real Madrid" futbolchisi "Xetafe" futbolchisini "zo'rlovchi" yoki "axlat" deb ataganini aniq isbotlay olmadi.
Avvalroq OAVda Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Bellingem 1 fevral kuni bo'lib o'tgan Ispaniya chempionatining 20-turida (2:0) hamyurti Grinvudni “zo'rlovchi” deb atagani haqida xabarlar tarqalgan edi.