"Kastilya" ustozi Raul "Real Madrid" tizimida qolishni istamoqda.
Madrid klubining sobiq sardoriga ayrim klublar qiziqish bildirmoqda. Xususan, o'tgan yili Raulga "Vilyarreal" va "Lids" klublari qiziqish bildirgandi. Ammo ispaniyalik kelishuvga erisha olmadi va u "Kastilya"da qolishga qaror qildi.
Relevo xabariga ko'ra, agar mos loyiha va uzoq muddatli shartnoma bo'lsa, Raul ketish haqida o'ylashga tayyor. Aks holda ispaniyalik "Real Madrid" tizimida qoladi.
Avvalroq "Bayer" Raulni Xabi Alonso o'rniga nomzod sifatida ko'rayotgani haqida xabar berilgandi.