Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi 1/8 finalida “RB Leyptsig” bilan javob o'yinining birinchi bo'limidan so'ng nima uchun yarim himoyachi Eduardo Kamavingani almashtirganiga izoh berdi.
"Kamavinga o'zgarishi taktik edi. Agar men yomon bo'lgan barchani o'yindan chetlatishni istasam, hatto murabbiyni ham o'zgartirgan bo'lardim", - dedi Anchelotti o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
“Real” kecha “RB Leyptsig” bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan edi. Anchelotti jamoasi birinchi o'yinda mehmonda 1:0 hisobida zafar quchganligi evaziga chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.