Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniya chempionatidan diskvalifikatsiyasiga javob berdi. Angliyalik futbolchi hakamga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
“Bo'lgan voqea hakamning hushtak chalish qarori tufayli sodir bo'ldi. Men unga haqoratli hech narsa aytmadim. Menimcha, ular menga saboq berishni xohlashdi. Albatta, men o'z harakatlarim uchun javobgarman, lekin buning uchun ikkita o'yin kulgili", - deydi Jud.
Bellingem yaqinda "Valensiya"ga qarshi o'yinda (2:2) qizil kartochka olgandi.