Madridning “Real” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqish haqida gapirdi.
“Bizda nishonlashga vaqtimiz yo'q, chunki biz yomon o'ynadik. "Real" beparvo o'ynadi va kam harakat qildi. Chempionlar ligasida buning uchun jazolanish mumkin. Raqib yaxshi o'ynadi va bizga bosim o'tkazdi. Bu turnirda bunday o'ynashni qabul qilib bo'lmaydi", - deydi futbolchi.
“Real”ning “RB Leyptsig”ga qarshi javob uchrashuvi 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Birinchi o'yinda madridliklar minimal hisobda g'alaba qozonishgan - 1:0. "Los-Blankos"ning chorak finaldagi raqibi 15 mart kuni aniqlanadi.