"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti panjara ortiga tushishi mumkin. Prokurorlar 2014 va 2015 yillarda daromadlarini yashirgani uchun to'rt yilu to'qqiz oy qamoq jazosini so'ragan edi. Bu shov-shuvli voqeaga Anchelottining o'zi izoh berdi.
"Qamoqmi? Bu sakkiz yil oldin boshlangan eski hikoya. Men jarimani allaqachon to'laganman. Men aybdor emasman!", - dedi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni Madridning “Real” klubi “RB Leyptsig” bilan durang o'ynadi (1:1) va Chempionlar ligasining chorak finaliga yo'l oldi.