Predrag Miyatovich Vinisius Juniorning xatti-harakatlarini tanqid qildi.
Chempionlar ligasi 1/8 finalining “Leyptsig” bilan javob o'yinining 55-daqiqasida (1:1) “Real” vingeri markazda Villi Orbanga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
O'yinning bosh hakami Davide Massa braziliyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. Oradan 10 daqiqa o'tib Vinisius hisobni ochdi.
"Vinisiusning nima qilgani haqida hech qanday izoh yo'q. Bunday turnirda o'ynasang, ayniqsa "Real" uchun bunday harakatlar yarashmaydi.
U birinchi bo'limda hech narsa qilmagani uchun shunday qilishga majbur bo'ldi. U o'zini nochor his qildi va portlab ketdi", - dedi “Real”ning sobiq futbolchisi.