Kilian Mbappe Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi darvozasiga ikkita gol urdi va u Chempionlar ligasining eng yaxshi to'purarlari o'ntaligiga kirishni maqsad qilgandi.
Ayni paytda u Evropaning eng nufuzli klublar musobaqasida 46 ta golga ega bo'lib, o'tmishda “Yuventus” va “Milan”da o'ynagan Filippo Indzagi bilan tenglashib oldi.
Mbappe ushbu tasnifda yaqinlashib olgan navbatdagi futbolchilar ham sobiq «Milan» futbolchilari Andriy Shevchenko va Zlatan Ibrahimovich bo'lib, ikkalasi ham 48tadan gol urgan.
Ularni chetlab o'tgan Mbappe nafaqat kuchli o'ntalikka kiradi, balki darhol to'qqizinchi o'ringa ko'tariladi.