Kecha Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasining 1/8 finali javob o'yinida “Leyptsig” bilan durang o'ynadi va turnirning keyingi bosqichiga yo'l oldi. “Santyago Bernabeu” stadionida kechgan uchrashuv 1:1 (umumiy 2:1) hisobi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, “Los-Blankos” o'z tarixida ilk bor “Leyptsig” bilan durang o'ynadi. Bungacha uchta o'yinda "Real"ning ikkita (2:0 va 1:0) va nemis klubining bitta (3:2) g'alabasi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, joriy Chempionlar ligasining guruh bosqichida “Real Madrid” “Napoli”, “Braga” va “Union” bilan bir guruhda barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib, birinchi o'rindan turnirning pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.
“Real” so'nggi bor 2021/2022-yilgi mavsumda “Liverpul”ni finalda 1:0 hisobida mag'lub etib, Chempionlar ligasida g'olib chiqqan edi.