Ispaniyalik sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales "Real" hujumchisi Vinisius Junior «Leyptsig»ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilish kerak edi, deya hisoblamoqda.
«Vinisius maydondan chetlatilishi mumkin edi... Chunki u raqibning ko'kragidan emas, tomog'idan itardi. Agar fol va raqibni itarib yuborgani uchun bittadan sariq kartochka deb hisoblasak, bu ikkita sariq kartochka bo'ladi. U maydondan chetlatilishi mumkin edi.
Bugun hakam «Madrid»ga yordam berdi. Jamoa bir kishi kam bo'lib o'ynashi kerak edi. Gol urgan futbolchi biroz avvalroq maydondan chetlatilishi lozim edi», – dedi Iturralde.