Madridning “Real” klubi sardori Nacho Fernandes Chempionlar ligasi 1/8 finalining “RB Leyptsig”ga qarshi javob uchrashuvi natijalari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Birinchi o'yindagi muvaffaqiyat evaziga Karlo Anchelotti shogirdlari Chempionlar ligasining chorak finaliga yo'l olishdi.
"Maqsadimizga erishdik va keyingi bosqichga chiqdik. Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz bo'lmaganini hammamiz tushunamiz, lekin ba'zida shunday bo'ladi. "Leyptsig" ajoyib edi. Lekin asosiysi maqsadimizga erishdik. Raqib yaxshi o'ynasa va siz eng yaxshi formada bo'lmasangiz, buni tan olishingiz kerak. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz", - deya Nachoning so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.