Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi 1/8 finalida “RB Leyptsig”ga qarshi o'yin (1:1) natijalari haqida fikr bildirdi.
Dastlabki o'yinda "Real" Braim Diasning goli evaziga 1:0 hisobida minimal g'alabaga erishgandi.
"Umuman olganda, to'pni oldinga olib o'tish borasida bizdan unchalik yaxshi o'yin bo'lmadi. Ular tezda qarshi hujumlarni boshladilar. Bizning eng yaxshi o'yinimiz emas, lekin biz xursand bo'lishimiz kerak.
Mavsum uzoq, biz ko'p o'yin o'tkazdik va hozir yaxshi pozitsiyalardamiz. Biz o'zimiz bilan faxrlanishimiz kerak", - deya Anchelotti so'zlarini keltiradi Marca.