Britaniyaning "FourFourTwo" nashri 2000-yillarning eng yaxshi murabbiylari reytingini tuzib chiqdi. Bunda klub va terma jamoalarda ishlagan murabbiylar inobatga olindi.
Italiyalik mutaxassis Marchello Lippi XXI asrning dastlabki 10 yilligidagi murabbiy deb topildi. Joze Mourino ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, "MYu" afsonasi Aleks Fergyuson kuchli uchlikka kirdi.
Top-15 quyidagi ko'rinishda:
1. Marchello Lippi («Yuventus», Italiya terma jamoasi)
2. Joze Mourinyu («Portu», «Chelsi», «Inter»)
3. Aleks Fergyuson («Manchester Yunayted»)
4. Jovanni Trapattoni (Italiya terma jamoasi, «Benfika»)
5. Karlo Anchelotti («Milan»)
6. Ottmar Xittsfeld («Bavariya»)
7. Lui van Gal (Niderlandiya terma jamoasi, «Barselona», AZ)
8. Arsen Venger («Arsenal»)
9. Fabio Kapello («Roma», «Yuventus», «Real», Angliya terma jamoasi)
10. Gus Xiddink (PSV, Rossiya terma jamoasi)
11. Luis Felipe Skolari (Braziliya terma jamoasi, Portugaliya terma jamoasi, «Chelsi»)
12. Rafael Benites («Valensiya», «Liverpul»)
13. Otto Rexagel (Gretsiya terma jamoasi)
14. Luis Aragones («Atletiko», Ispaniya terma jamoasi)
15. Frank Raykard («Barselona»).