Prokurorlar Karlo Anchelottini soliqqa oid firibgarlikda ayblab, murabbiyga to'rt yilu to'qqiz oy qamoq jazosini berishni so'radi.
"Real Madrid" hali noxush vaziyatga javob qaytargani yo'q.
Italiyaning Sky Sports nashri xabariga ko'ra, "Real Madrid" Anchelotti bilan bog'liq vaziyat bo'yicha bayonot bermaydi, chunki hozir klubda hamma Chempionlar ligasi doirasida "RB Leyptsig"ga qarshi o'yin haqida o'ylamoqda. O'yin bugun tunda bo'lib o'tadi.