Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya prokuraturasining 2014 yildan 2015 yilgacha soliq idoralaridan 1 million evroni yashirganlikda ayblanishdan xavotirda emas.
Eslatib o'tamiz, avvalroq huquq-tartibot idoralari italiyalik mutaxassisni 4 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum etishni talab qilayotgani xabar qilingandi.
Italiyalik mutaxassis professional murabbiylik faoliyatida ilk bor 2013 yilning yozida «Real»ni boshqargan, 2015 yilning may oyida esa jamoani tark etgandi.