Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti muammoga duch keldi.
Prokuratura italiyalik mutaxassisni moliyaviy qoidabuzarlik uchun salkam besh yillik qamoq jazosiga hukm qiladi.
Prokurorlarning ta'kidlashicha, Anchelotti 2014 va 2015-yillarda imidj huquqlaridan taxminan 1,25 va 2,96 million evro ishlab topgan.
Biroq italiyalik bu daromadni soliq deklaratsiyasiga kiritmagan.
El Chiringuito telekanalida jurnalist Edu Agirre Anchelottining ayblovlarga munosabati haqida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, italiyalik soliq firibgarligi uchun unga to'rt yilu to'qqiz oy qamoq jazosi so'ralgani haqidagi xabarga xotirjam munosabat bildirgan.
Shu bilan birga, Anchelotti ayblovlardan hayratda qolgani qayd etilgan. Murabbiyning fikricha, u hech qanday noqonuniy ish qilmagan. "Real Madrid" ustozi advokatlari allaqachon bu masala ustida ishlamoqda.