Tibo Kurtua jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
Marca xabariga ko'ra, "Real" darvozaboni Tibo Kurtua 27 mart kuni jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarga qaytadi. Qayta tiklanish ishlari yakuniy bosqichga kelgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning avgust oyida belgiyalik futbolchi mashg'ulot vaqtida tizzasining xochsimon paylarini shikastlab olgan edi va operatsiya qilingan edi.