Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Pedri Ispaniya chempionatining so'nggi turida Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi o'yinda olgan jarohatini chuqurroq ko'rikdan o'tkazdi.
Insayder Fernando Polo bergan ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalikning jarohati avvalgi jarohatining takrorlanishi emas. Taxminlarga ko'ra, yarim himoyachi aprel oyi o'rtalariga belgilangan "Real"ga qarshi "el klasiko"da albatta ishtirok eta oladi.
Avvalroq Pedri jarohati tufayli Evropa chempionatini o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgandi, biroq ekspertiza barcha qo'rquvlarni rad etdi. Joriy mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatida ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.