Mashhur rossiyalik MMA jangchisi, engil vazn toifasida sobiq chempion Xabib Nurmagomedov XXI asrning eng yaxshi darvozaboni haqidagi savolga javob berdi. Xabibning so'zlariga ko'ra, u "Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas.
“XXI asrning eng yaxshi darvozaboni? Kasilyas”, - dedi Nurmagomedov Nurlan Saburovga bergan intervyusida.
Madrid klubi bilan u besh marta Ispaniya chempioni bo'lgan. Uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. 2015 yilda Iker "Portu"ga o'tdi va u erda 2020 yilgacha o'ynadi. Portugaliyada ikki marta mamlakat chempioni bo'ldi. Bundan tashqari, Ispaniya terma jamoasi tarkibida darvozabon jahon chempioni (2010) va ikki karra Evropa chempioni (2008 va 2012) bo'lgan.