Jurnalist Fabritsio Romano «PSJ» prezidenti Nossir Al-Xelayfiyning Kilian Mbappe haqidagi savolga bosh tortganiga o'z munosabatini bildirdi.
«Jamoa prezidentining kecha «munosabati»ga qaramay, «PSJ» Kilian Mbappening klubdan ketishga qat'iy qaror qilganini 100 foiz biladi.
Mbappe «Real» bilan shaxsiy shartnomaning barcha bandlarini kelishib olgach, bu haqda rasmiy xabar tarqatiladi. Muzokaralar esa hozircha juda yaxshi ketmoqda», – deya yozdi Romano.