Ispaniya prokuraturasi "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottini 2014 yildan 2015 yilgacha soliq idoralaridan 1 million evroni yashirgani uchun 4 yil 9 oy qamoq jazosini talab qilmoqda. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Italiyalik mutaxassis professional murabbiylik faoliyatida ilk marta 2013 yilning yozida "Real"ga kelga. 2015 yilning may oyida esa klubni tark etgandi
2021 yilning 1 iyunida Karlo Madridga qaytdi va 2021/2022 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, "Real"ni Ispaniya chempionatida g'alabaga olib keldi. Joriy mavsumda La Liganing 27-turidan so'ng “Los Blankos” 66 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.