La liga 27-tur bahsiga qo'shib berilgan daqiqalar so'nggisida bosh hakam Madrid klubi hujumi paytida gol kiritilishidan 2 soniya avval hushtagini chaldi va Bellinghemning goli inobatga olinmay, bahs 2:2 hisobida yakunlandi. O'yin yakunlangach, hakam bilan tortishuvga kirishgan Bellingem bosh hakam tomonidan maydondan chetlatildi.
Xabarlarga ko'ra, Ispaniya hakamlar qo'mitasi uchrashuv bosh hakami Xesus Xil Mansanoni La Liga o'yinlaridan vaqtinchalik chetlatgan. U kamida keyingi ikki turda o'yinni boshqarmaydi, hattoki VAR hakami sifatida ham ishlamaydi.
Qayd etilishicha, Xil Mansano ushbu vaziyatdagi xatosini tan olgan. U aslida o'yinni bir necha soniya avval yakunlashi lozim bo'lgan.