Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoa mashg'ulotlariga qaytdi, deb xabar bermoqda Relevo nashri.
Manbaga ko'ra, belgiyalik posbon bugun, 5 mart kuni mashg'ulotlarga kirishgan. Anchelotti avvalroq Kurtua va Militao 14 aprel kuni "Malorka" bilan o'yindan keyin maydonga tushishi mumkinligini aytgandi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning avgust oyida 31 yoshli darvozabon tizzasidan jarohat olib, joriy mavsumda birorta ham o'yinda maydonga tushmagan edi.