Agent Massimiliano Allegri "Real" bilan olib borilgan muzokaralar haqida gapirdi.
"Agar Allegri shartnoma imzolaganida, u "Real" bosh murabbiyiga aylangan bo'lardi. Umuman olganda, hammasi kelishib olingandi. Ammo shartnoma imzolamaslikka qaror qildi. Bu ikkalamiz uchun ham og'riqli qaror edi.
Bu uning oilasi, o'g'li va shaxsiy holati bilan bog'liq edi. U unga ko'proq pul taklif qilgan boshqa klubga bormadi, lekin shaxsiy hayotidagi muammolar va "Yuventus" taklifi tufayli Italiyada qolishni tanladi", - deydi Jovanni Branchini.