Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti doimiy ravishda ispaniyalik hakamlarni tanqid qilib, videolavhalar chop etuvchi "Los Blankos" klubi televideniesini himoya qildi.
"Sizning so'z erkinligini hisobga olmaganingizdan biroz hayronman. "Real Madrid TV" xuddi boshqa jurnalistlar kabi o'z fikrini bildiruvchi OAV", - dedi Anchelotti Mundo Deportivo bilan suhbatda.