WhoScored portali Ispaniya La Ligasining 27-tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Unga ko'ra, ramziy terma jamoadan "Vilyarreal"ning uch nafar, "Rayo Valekano", "Osasuna" va "Malorka"ning ikki nafardan, "Sevilya" va "Barselona"ning bir nafardan futbolchisi joy oldi.
Ushbu turda "Valensiya" bilan durang o'ynagan "Real" va "Betis"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "Atletiko"ning bitta ham futbolchisi ushbu ramziy terma jamoadan joy olmadi.