Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Ispaniya chempionati doirasida “Valensiya”ga qarshi kechgan so'nggi o'yin haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, bosh hakamning so'nggi hushtagidan bir necha soniya o'tib, Jud Bellingem “Real”ga g'alaba keltiruvchi golni kiritdi. Biroq gol hisoblanmadi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi, Bellingem bahslashgani uchun qizil kartochka oldi.
"Valensiya" bilan oxirgi o'yinmi? Men hech qachon futbolda bunday narsani ko'rmaganman, bu juda va juda g'alati edi", - dedi Kamavinga matbuot anjumanida.
“Valensiya” bilan o'yinda durang qayd etilganiga qaramay, “Real” La Ligadagi ikkinchi o'rindan ochkolari sonini 7taga etkazdi.