Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq hujumchisi Terri Anri yarim himoyachi Jud Bellingemning "Real"dagi o'yinlarini yuqori baholadi.
Yozda 20 yoshli angliyalik uchun 103 million evro to'langan.
"Menga ko'plab top chempionatlarda o'ynash nasib etdi. Aytishim mumkinki, Angliyada futbolchilar uchun bu juda oson, Ispaniyada esa siz butunlay boshqacha bosim va umidlarga duch kelasiz.
Bellingem bundan qo'rqmadi va bundan tashqari, u dadillik bilan Zidanning raqamini oldi va dadil uslubda gollarni nishonlashni boshladi.
Aytishim mumkinki, Jud ajoyib yigit", - deya Anrining so'zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.