"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Atletik"ga qarshi o'yinidan so'ng hakamga qo'pollik qildi.
Mahalliy OAV, xususan Movistar portalining xabar berishicha, Xavi bir nechta qo'pol iboralarni aytdi. Qayd etish joiz, "Barselona" va "Real" vakillari joriy mavsumda muntazam ravishda hakamlikdan shikoyat qilishmoqda.
Hozirda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Xavi shogirdlari peshqadam "Real"dan 8 ochko ortda qolmoqda.
Oldinda La Liganing o'n bir turi bor. "Barselona" navbatdagi o'yinini 8 mart kuni o'z maydonida "Malorka"ga qarshi o'tkazadi.