"Barselona" klubi sobiq himoyachisi Jerar Pike "Valensiya" - "Real" o'yinida hakam bilan bog'liq yuz bergan vaziyatga izoh berdi.
«Biz bu hakamning saviyasini bilamiz. U bunday ishga ilk marta qo'l urmayapti.
«Real» ushbu vaziyat yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin. Hakam esa ertaroq hushtak chalishi kerak edi. Bu hushtak chalib noto'g'ri qilmadi, ammo kech chaldi», – dedi Pike.