"Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis Rimda "Latsio"ga qarshi Chempionlar ligasi nimchorak final javob o'yinidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Tomas Tuxel shogirdlari Italiya poytaxtida o'tkazilgan ilk uchrashuvda 0:1 hisobida minimal mag'lubiyatga uchradi.
"Bularning barchasi energiya, mentalitet, chanqoqlik va g'alaba qozonishni qanchalik xohlashimizga bog'liq bo'ladi. Bizda vaziyatni o'zgartirish uchun sifatlar bor", - dedi Devis "Bavariya" rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Alfonsoning myunxenliklar klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Kanadalik futbolchi kelayotgan mavsum oralig'ida "Real"ga o'tmoqchi.