"Milan" bugundan boshlab "Real" yarim himoyachisi Arda Gyulerni ijaraga olmoqchi emas.
Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda. Manbaning xabariga ko'ra, ispan klubi ham 19 yoshli turkning kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan.
Eslatib o'tamiz, Gyuler o'tgan yozda “Fenerbaxche”dan 20 million evro evaziga “Real”ga o'tgan edi. Yosh futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibida beshta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi va unda samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.