"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.
Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, nemis futbolchisi o'z klubi bilan yana bir mavsumga yangi shartnoma imzolashi kerak.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachining amaldagi shartnomasi amaldagi mavsum yakunida tugaydi.