"Real Madrid" muxlislari "Valensiya" bilan o'yindan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda Peter Federikoni haqorat qilishdi.
Madrid klubi tarbiyalanuvchisi yanvar oyidan beri "Valensiya"da ijara asosida o'ynamoqda. Shanba kuni "Mestalya"da bo'lib o'tgan o'yinda (2:2) Peter 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Marca nashri xabariga ko'ra, o'yindan so'ng asli dominikanlik 21 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda "Real Madrid" muxlislari tomonidan irqiy haqoratga uchragan - ta'kidlanishicha, muxlislar Peterning maydondagi xatti-harakatlaridan norozi bo'lishgan. Keyinchalik Peter o'z postlariga sharhlarni yopdi.
"Valensiya" yarim himoyachiga nisbatan irqchilik ko'rinishlarini qoraladi. Rasmiy bayonotda klub Peterga nisbatan haqoratomuz so'zlarni qabul qilib bo'lmas deb atadi va shuningdek, kamsitishlarga qarshi kurashga sodiqligini ta'kidladi.