"PSJ" muxlislari klub stadioni yaqinida Kilian Mbappega atalgan banner namoyish etishdi.
«Kilian Mbappe, 30 iyunni intizorlik bilan kutamiz!», – deya yozilgandi bannerga.
Bu orqali fanatlar bosh murabbiy Luis Enrikening o'yinchiga nisbatan munosabatini qo'llab-quvvatlanishini ma'lum qilishdi. Ular Mbappe bilan xayrlashishga tayyor.
Ma'lumot o'rnida. Mbappening "PSJ" bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. U «Real»ga erkin agent sifatida o'tdi. Luis Enrike esa Mbappeni o'yinlarda zaxiraga olishni boshladi.