"Real Madrid" joriy Ispaniya chempionatida 18 ta gol o'tkazib yubordi. Qizig'i shundaki, ularning yarmiga (9 ta) "Los-Blankos" akademiyasi bitiruvchisi bo'lgan futbolchilar mualliflik qilishgan. Mister Chip nomi bilan mashhur bo'lgan jurnalist Aleksis Martin-Tamayo ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qiziqarli faktga e'tibor qaratdi.
La Liganing ushbu mavsumida "Real" darvozasiga quyidagi futbolchilar gol urishdi: Arribas, Mayoral, Morata (2 ta), Ugo Duro (2 ta), Xavi Munos, Lorente va de Tomas.
Eslatib o'tamiz, shanba kuni "Real" safarda "Valensiya" bilan durang o'ynadi - 2:2. Madridliklar safida Vinisius Junior ikkita gol urdi. Karlo Anchelotti jamoasi La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.