"Valensiya" himoyachisi Muktar Diakabi jarohati sabab mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.
27 yoshli futbolchi "Real" bilan o'yinda (2:2) jarohat olgandi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Aurelien Tchuameni futbolchining tizzasiga yiqilib, Diakabining tizzasi g'ayritabiiy bukildi.
"Valensiya" matbuot xizmati Diakabining tizzasi chiqib ketganini, shu sabab futbolchi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishini tasdiqladi.