Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior "Valensiya"ga qarshi bahsda hakamni tanqid qilgani uchun jiddiy jazolanishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi hakamlar nomiga aytgan so'zlari uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Manbaning qayd etishicha, agar uning so'zlari yuzasidan Ispaniya futbol federatsiyasiga shikoyat yuborilsa, Junior jazolanishi mumkin.
Tartib-intizom kodeksiga ko'ra, Vinisius 4 tadan 12 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi, shuningdek, jarimaga tortilishi mumkin.
"Mestalya"dagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Oxirgi hujumda Jud Bellingem g'alaba qozonishi mumkin bo'lgan golni urdi, biroq bosh hakam bir necha daqiqa oldin final hushtagini chaldi.