"Real Madrid" o'zining muhim o'yinchilaridan birini sotishi mumkin.
Todofichajes jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, Frantsiyaning "PSJ" klubi yarim himoyachi Aurelien Tchuameni bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.
Parijliklar yozgi transferlar vaqtida frantsiyalik futbolchini qo'lga kiritishga harakat qilmoqchi.
"Qirollik klubi" ham o'z navbatida muzokaralarga tayyor.
"Los-Blankos" futbolchini sotishdan 130 million evro ishlab olmoqchi.
Tchuamenining o'zi faoliyatini vatanida davom ettirishga qarshi emas.