Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Braim Dias yaqin orada qaysi jamoada o'ynashini haligacha bilmaydi.
24 yoshli futbolchining ajoyib o'yini Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuentening e'tiborini tortdi, ammo yarim himoyachini "qizil furiya" safiga taklif qilish qiyinchilik tug'dirishi mumkin, chunki u Marokash milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Jurnalist Xose Feliks Dias xabariga ko'ra, "Real" futbolchisi har ikki terma jamoada bo'lajak o'yinlar uchun dastlabki ro'yxatga kiritilgan.
Braimning yakuniy tanlovi hozircha noma'lum, ammo Marokash futbol federatsiyasi vakillari bu borada optimistik.