Madridning “Real” klubi matbuot xizmati kechagi Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida “Valensiya”ga qarshi o'yin haqida bayonot berdi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
"Hakamning misli ko'rilmagan qarori "Real"ning "Valensiya"ni mag'lub etishiga to'sqinlik qildi", - deyiladi qirollik klubi bayonotida.
Eslatib o'tamiz, “Los-Blankos” yarim himoyachisi Djud Bellingem so'nggi hujumda gol urdi, biroq hakam gol kiritilishidan bir necha soniya oldin yakuniy hushtagi chaldi va golni hisoblamadi.