Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang «Real» klubiga o'tish orzusi haqida gapirdi.
«Endi orzu qilmay qo'ydim. Bu haqda boshqa gapirmayman. Men unga kerak emasman. Ammo bu muammo emas, Dortmundda ham o'zimni yaxshi his qilmoqdaman.
«Borussiya»ni tark etmoqchi edim, biroq bu amalga oshmadi. Bu voqea dilimni xira qildi. Lekin qolganim ham yaxshi bo'ldi.
«Milan» menga qiziqish bildirdi. Ularning loyihasiga qiziqqan edim. Lekin ba'zi sabablarga ko'ra transfer barbod bo'ldi», — dedi Obameyang.