"Valensiya" bosh murabbiyi Ruben Baraxa "Real"ning 99-daqiqada urgan golini hisobga olmaslik qarorini baholadi.
"Valensiya" La Liga doirasida Madrid klubi bilan durang o'ynadi (2:2).
"Men hamma narsani aniq ko'rdim. To'p burchakka chiqib ketganida, hakam bu oxirgi epizod bo'lishini aytdi. Biz to'pni jarima maydonchasi tashqarisiga chiqarib yuborganimizda, men hakamning final hushtagini chalayotganini ko'rdim. U o'yin tugagan deb hisobladi.
U ham birinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi va ular gol urishdi. O'shanda bizda qo'shib berilgan vaqtda gol urish uchun imkoniyat bo'ldi, lekin u hushtak chaldi", - dedi Ruben Baraxa.