Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida bo'lib o'tgan «Valensiya» - «Real» uchrashuvini (2:2) boshqargan hakam Xesus Xil Mansano «qaymoqranglilar» yarim himoyachisi Jud Bellingemga nima uchun qizil kartochka berganini tushuntirdi.
«99-daqiqada Jud Bellingem quyidagi sababga ko'ra maydondan chetlatildi: o'yin yakunlanganidan keyin futbolchi mening yonimga keldi va tajavvuzkor ohangda bu gapni bir necha marta takrorlagan holda baqirdi: «Jin ursin, axir bu gol».
Eslatib o'tamiz. Bellingem o'yin yakunlanganidan keyin hakam bilan tortishgani uchun maydondan chetlatildi.
Ma'lumot o'rnida. 99-daqiqada «Real» yarim himoyachisi Bellingem jamoadoshi Brahim Diasning uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ammo Xesus Xil Mansano uzatma berilgan paytda hushtak chalib, o'yinni yakunlab qo'ygani uchun golni inobatga olmadi. Bu esa "Real" futbolchilarining keskin noroziligiga sabab bo'ldi.