“Shtutgart” Germaniya Bundesligasining 24-turidan so'ng ochkolar yig'ish bo'yicha klub rekordini o'rnatdi, deb xabar beradi Opta Sports.
2 mart kuni Sebastyan Xenes shogirdlari 24-turda mehmonda “Volfsburg”ni mag'lub etishdi – 3:2. Hozir “Shtutgart” hisobida 50 ochko bor.
"Shtutgart" turnir jadvalida ikkinchi o'rindagi "Bavariya"dan 4 ochko, Bundesliga peshqadami "Bayer"dan 11 ochko ortda qolmoqda.