Luis Enrike va Kilian Mbappening munosabatlari yomonlashmoqda.
"PSJ" bosh murabbiyi ketma-ket ikki uchrashuvda hujumchini almashtirdi - "Renn" (65-daqiqada) va "Monako"ga qarshi (tanaffusda) o'yinda.
RMC Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchi va murabbiy o'rtasidagi 15 fevralgacha normal bo'lgan munosabatlar Mbappe yozda Parij klubini tark etishi haqida sheriklariga xabar berganidan keyin yomonlasha boshlagan.
"PSJ" "Monako" bilan o'yinda Mbappeni almashtirgani va futbolchining zaxira o'rindig'iga emas, tribunaga o'tgani jamoadagi muhitga salbiy ta'sir ko'rsatmaganini aytdi.
"Biz murabbiyning tanlovini hurmat qilamiz va Kilian bor e'tiborini "Real Sosedad"ga qarshi safar o'yiniga qaratgan. Uning tribunaga yo'l olishi haqida hech qanday bahs bo'lmadi. U dush qabul qilgan va ko'cha kiyimi va poyabzalini kiygan edi. Klub menejeri rasmiyatchilik uchun uni "PSJ" rasmiy delegatsiyasi tarkibiga qo'shib qo'ydi", - deyiladi klub xabarida.