Madridning “Real” klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Bu haqda Todofichajes sahifalarida xabar berilgan.
Manbaning xabariga ko'ra, ukrainalik darvozabonni o'z safiga "Nyukasl" qo'shib olmoqchi.
Ingliz klubi Luninga olti million evrolik maosh bilan shartnoma taklif qilishga tayyor, bu uning "qirollik" klubida oladigan pulidan ancha ko'p.